AQShdagi norozilik namoyishi: polisiyachilar yana qora tanli yigitni otib o`ldirdi

11:22, 08 iyul

AQShning Minnesota shtatida yashovchi qiz shaxsiy avtomobili salonida polisiyachilarning haydovchilik guvohnomasini ko`rsatish talabidan keyin otib o`ldirilgan, qonga botgan do`sti hayotining so`nggi daqiqalari aks etgan videoni ijtimoiy tarmoqqa joyladi, deb xabar qildi “Vesti.ru” nashri. 

Kadrda polisiyachilar o`q uzgan qora tanli Filando Kastilening o`lim oldi holati aks etgan. Polisiyachilar qizni mashinadan tushirguncha, u bo`lgan voqeani kameraga olgan. Mashina chiroqlari singanligi uchun ularni polisiyachilar to`xtatgan. Polisiyachi mashinaga yaqinlashganda, yigit nimagadir qurol saqlashga ruxsatnomasi mavjudligini, yonida pistoleti borligini polisiyachiga aytishga qaror qilgan va hujjatlarni olish uchun engashganda o`q ovozi yangragan.

Kastilenining o`ldirilishi shaharda isyon ko`tarilishiga sabab bo`ldi. Yuzlab odamlar gubernator qarorgohiga kelib, adolatli tergov o`tkazilishini talab qildi.

“Bu erga kelishimdan sabab, polisiyachilar bizni himoya qilmasligini, balki o`ldirishini hammaga etkazishdir. Ular bizni qora tanli bo`lganimiz uchun o`ldirmoqda, biz xavf ostidamiz!”– dedi voqeaga guvoh bo`lgan qora tanli qiz.

O`tgan yili Baltimor shahrida qora tanlilarning o`limiga sabab bo`lgan polisiyachilar tufayli isyon ko`tarilib, uni bosish uchun Milliy gvardiya askarlari jalb etilgan edi. Bu voqea takrorlanishidan xavfsiragan gubernator xalqning oldiga chiqib, voqeaga oydinlik kiritishga va adolat yuzasidan ish ko`rilishiga va`da berdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!