Britaniya tarixida ikkinchi marotaba bosh vazir lavozimiga ayol tayinlanadi

11:25, 08 iyul

Oradan 26 yil o`tgach, Buyuk Britaniya bosh vaziri va Konservativ partiyasi rahbari lavozimiga ayol tayinlanadigan bo`ldi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri. 

Bu konservator-deputatlarning partiya saylovi bo`yicha finalning ikki g`olibidan birini saylash yuzasidan o`tkazilgan ovoz berish natijalari orqali ma`lum bo`ldi. IIV rahbari Tereza Mey va energetika hamda iqlim o`zgarishi vazirligi, vazir o`rinbosari Andrea Lidslar ovozga qo`yildi. Partiyadoshlari tomonidan Mey 199, Lids esa 84 ovozga ega bo`ldi.

Buyuk Britaniya tarixida bosh vazir lavozimida 1979-1990 yillarda yagona ayol Margaret Tetcher ishlagan. Hukumat yangi bosh vazirining nomi 9 sentyabr kuni e`lon qilinishi kutilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!