Odil Ahmedov doping sinovidan o`tdi(mi)?

12:24, 08 iyul

Rossiyaning “Match TV” telekanali Odil Ahmedovning doping qabul qilgan-qilmaganligiga aniqlik kiritdi

Gap shundaki, 2014 yilning 18 avgust kuni “Krasnodar” klubining yarim himoyachisi Odil Ahmedovdan olingan doping probasi taqiqlangan preparatlarga tekshirildi. 

Antidoping markazi uning qonida hech qanday taqiqlangan moddalar aniqlanmadi. Uning klubdoshi Ragnar Sigurdsson ham doping qabul qilganlikda gumonlangandi. Unda ham hech qanday taqiqlangan preparatlar topilmadi. 

Shundan so`ng, Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko RUSADA (Rossiya antidoping agentligi)ga ushbu ikki sportchining tahlillarini qayta tekshirishni so`rab xat yozdi. RUSADAning tekshiruvidan so`ng ham Odil Ahmedovda doping topilmadi. 

Demak, o`zbekistonlik sportchiga nisbatan qilingan gumonlar noto`g`ri bo`lib chiqdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!