Evro–2016. Finalda Portugaliya va Fransiya kuch sinashadi!

12:36, 08 iyul

Evro–2016 turniri asta-sekin o`z poyoniga etib bormoqda. Ikki kun avval Portugaliya terma jamoasi Uels futbolchilarini yarim finalda 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchratib, dastlabki finalchiga aylangan edi.

Ikkinchi yarim finalda Fransiya termasi Germaniyani 2:0 hisobida taslim qildi. Antuan Grizmann dublga erishdi. 

Demak, 10 iyul sanasida Portugaliya va Fransiya Evropa chempionatining bosh sovrini uchun kurash olib boradi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!