Hokimiyat: O`t o`chiruvchilar Sergeli tumanidagi yong`in chiqqan uyda tezkorlik bilan yong`inni bartaraf etishdi

16:28, 08 iyul

Shahar hokimiyati ba`zi bir OAVlarning Sergeli tumanida ro`y bergan yong`inni o`chirishda o`t o`chiruvchilarni sekin harakat qilganlikda ayblaganliklarini inkor etdi, deb xabar berdi “Rodrobno.uz” nashri. 

Nashrning ma`lumot berishicha, yonib ketgan uy ahliga hokimiyat tomonidan vaqtinchalik boshpana berilgan. Eslatib o`tamiz, 6 iyul kuni ro`y bergan yong`in oqibatida 5 ta xonadon yonib ketgan, qolgan 12 tasi omon qolgan. 

Ikki qavatli yog`och uyda sodir bo`lgan yong`inni o`chirishda 6 ta o`t o`chirish guruhi ishtirok etgan. Ayni paytda yongan uyda qayta ta`mirlash ishlari ketmoqda. Ta`mirlash ishlari tugagandan so`ng xonadoni yonib ketgan barcha oilalar o`z uylariga qaytadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!