Dallasda qora tanli yigitning o`ldirilishi sababli ko`tarilgan isyonda 5 nafar polisiyachi o`ldirildi

16:58, 08 iyul

AQShning Texas shtatida joylashgan Dallas shahrida qora tanli yigitni otib o`ldirgan polisiyachilarga qarshi o`tkazilgan namoyish vaqtida otishma bo`lib, 5 nafar polisiyachi halok bo`ldi, 8 nafari esa yaralandi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.

Namoyish osoyishtalik bilan o`tayotgan paytda to`satdan o`q ovozi yangragan. Polisiya bergan ma`lumotga ko`ra, yashirinib olgan snayperlar o`t ochgan. Ular polisiyachilarni nishonga olgan. Otishma boshlangach, namoyishchilar har tomonga tarqalib ketgan. Voqeani yuqoridan Fox4 telekanali suratga olgan. 

O`t ochganlarning biri hukumatga taslim bo`lgan. Qolganlari ham maxsus xizmat xodimlari tomondan qo`lga olingan. Kecha AQShning bir necha shaharlarida qora tanli yigitning o`limi tufayli polisiyachilarga qarshi norozilik namoyishlari o`tkazilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!