Intiluvchan va uddaburon bola tarbiyalashning 5 usuli

17:07, 08 iyul

Hozirgi ota-onalar farzandlarining dastlabki kunlaridanoq unga to`g`ri maqsadlarni uyg`otib, muvaffaqiyatli qilib o`stirishga urunadilar.  Quyidagi 5 uslub farzandingiz tanbal, bekorchi bo`lib o`smasligi, ularga uddaburonlik qobiliyatini singdirish uchun to`g`ri yo`l ko`rsatadi.

Bolani qanchalar erkalatishni hohlamang, sizdagi maqsad bittaligini unutmang — unda shaxsni kamol toptirish.

1. FARZANDINGIZGA FAQAT JUDA ZARUR BO`LGAN NARSALARNI HARID QILING.
Bola qimmatbaho kiyim yoki o`yinchoq so`rab harxasha qilish holati hammaga tanish. Uning yo`rig`iga yurmang, Unga bir qism pulni ishlab topishni maslahat bering. Avvaliga unga qancha pul bera olishingizni, qolganini esa uning o`zi ishlab topishini ayting.  Bu bilan unga bu ishni qanday yo`l bilan amalga oshirishni misol qilib keltiring, so`ngra o`ziga imkon bering, o`ylab ko`rsin. Tanlash uning huquqi.

2. BOLAGA O`Z “HOHLAYaPMAN”IGA DALIL KELTIRIShNI O`RGATING.
Qaysidir narsa kerakligini aytayotganda bola unga nima uchun kerakligini ham aytishni o`rgansin. Sizning vazifangiz unga biznesdagi kabi o`z g`oyasini “sotish”ni o`rgatish, ya`ni bola siz olib berishingiz kerak bo`lgan narsadan siz qanday foyda olishingizni aytishni o`rgansin. Bunday harakat bolani boshqalarning foydasi haqida o`ylashga ham undaydi. Bundan tashqari kelishish qobiliyati unga butun umri davomida kerak bo`ladi.

3. ULARNING BOShLAYoTGAN IShLARI UChUN PULNI AYaMANG.
Hech kimga sir emas, amaliyot — eng yaxshi ustoz. Bola oldingizga qandaydir g`oya bilan kelganini qadrlang, va unga albatta o`z pulingiz va vaqtingizni ayamang. Birinchidan, bolalarning g`oyalari odatda innovasiyaga to`la bo`ladi, shu sababli bu jarayonni haqqoniy investisiyaga aylantirib, loyihaning omadidan foyda ham olishingiz mumkin. Yana ham asosiysi, farzandingiz uni qo`llab quvvatlayotganingizni, sizga suyanishi mumkinligini his etadi, va bu unga ilk biznesdagi tajriba bo`ladi.

4. BOLAGA OG`IR ISh BILAN QIZIQIShGA YO`L QO`MANG.
Bizning jamiyatda og`ir jismoniy ish aqliy ishga muqobil bo`ladi degan xato fikr bor va bolalar bu fikrning qurboni bo`lishadi. Shu sababdan bola bilim va ta`lim olmasdan  ham pul topishim mumkin degan fikrni miyasiga singdiradi.

5. BOLALAR BILAN BIZNESGA YO`NALTIRILGAN O`YINLAR O`YNANG.
Ko`psonli tadqiqotlarning guvohlik berishicha, stol o`yinlari  — bolaga biznes yuritishni o`rgatishning eng yaxshi usuli sanaladi. Aytaylik, «Monopoliya» ko`chmas mulkka pul tikish asoslarini o`rgatadi. Shu sababli bolalarni otadigan yoki yugurtiradigan o`yinlardan chegaralang. Buning o`rniga boshni ishlatadigan o`yinlar o`ynashsin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!