Otasiga tarvuz uzishda yordam berayotgan xitoylik bolakay ijtimoiy tarmoq yulduziga aylandi

10:57, 09 iyul

Xitoyning Yunchuan shahrida yashovchi bolakayning tarvuz uzishda otasiga yordam berayotgani aks etgan surat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida mashhur bo`ldi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Ma`lumotga ko`ra, ismi oshkor etilmagan 2 yoshli bolakay fermada otasiga tarvuz uzishda yordam bergan. Ijtimoiy tarmoqqa surati joylangan bolaning ota-onasi rasm orqali tarvuzga xaridor izlagan. 

Suratda bolakay egniga duan — an`anaviy Xitoy ko`ylagini kiygan. Elkasiga esa meva solish uchun mo`ljallangan bambukdan to`qilgan savat ilib olgan. Bolakay aks etgan surat to`rt kunda 21 million layk to`plagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!