Avstraliyalik yigit etishtirgan nasha o`simligini yoqib yuborgan otasi ustidan polisiyaga arz qildi

11:57, 09 iyul

Avstraliyalik yigit etishtirgan nasha o`simligini yoqib yuborgan otasi ustidan polisiyaga shikoyat qildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

5 iyul kuni Avstraliyaning Xampti Du shahri polisiyasiga yosh yigit qo`ng`iroq qilib, etishtirgan nashasini otasi yoqib yuborgani uchun janjal chiqqanligi haqida xabar bergan. Voqea joyiga etib kelgan huquq-tartibot xodimlari uning gaplari rostligiga amin bo`lgan. Polisiyachilar yigitdan nasha o`simligini etishtirgan odam jinoiy javobgarlikka tortilishidan xabari bor-yo`qligini surishtirgan. Ammo yigit birovning mulkini yo`q qilgan odamni jinoiy javobgarlikka tortish kerak, deb hisoblagan. 

Ashyoviy dalil yoqib, yo`q qilingani uchun yigitga nisbatan hech qanday ayblov qo`yilmagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!