Boy va baxtli bo`lishning 15 siri

14:36, 09 iyul

Albatta, irim-sirim, fenshuy orqali baxt va davlatga erishish ilmiy tomondan asoslanmagan. Ammo shunga qaramay, keling, yana bir marta urinib ko`raylik, balki bu safar ularning yordami tegar, deydi “Starhit.ru” nashri. 

Uyingizga nima sotib olsangiz ham juft qilib, oling.  Xonadoningizni sizning ichki tuyg`ularingizni ifodalovchi — oqqushlar, kaptarlar, ayol va erkak kabi o`zingizga yoqadigan turli ramzlar bilan bezang.  

MUNOSABATLAR TOShI
Do`konlarda fenshuy belgilaridan biri bo`lgan billur toshlar sotiladi. Uni yotoqxonaning janubi-g`arbiy qismiga qo`yish kerak. Billur toshni sotib olgandan keyin, tozalash maqsadida, dengiz tuzi qo`shilgan suvda etti kun saqlash lozim. Agar yoqtirgan insoningiz turmushga chiqishni taklif qilishini istasangiz, toshni yorug`lik tushadigan, kechqurun esa chiroq nuri tushadigan joyga qo`ying.

BOLALIK BILAN XAYRLAShUV
Uydan barcha bolalikda o`ynagan o`yinchoqlaringizni yig`ishtiring, hatto haligacha qo`ldan qo`ymaydigan yumshoq o`yinchoqlarni ham olib qo`ying. Chunki bu o`yinchoqlardan yosh bolalik quvvati tarqaladi. Ulardan ajralishni istamasangiz, ko`zga ko`rinarli joyga qo`yishingiz mumkin.

O`TMISh XOTRALARIDAN QUTULING
Uyingizdagi o`tmishingizni, boshdan kechirgan og`ir kunlaringizni eslatuvchi barcha buyumlardan xalos bo`lishga harakat qiling. Eski buyumlar o`zidan salbiy quvvat tarqatadi.

BOYLIK KELTIRUVChI QURBAQA
Fenshuy ta`limotiga ko`ra, uyning janubi-sharqiy qismi moddiy ta`minotga javobgar bo`ladi. Uni yanada faollashtirish uchun bu erga og`zida mayda chaqa tishlab turgan qurbaqani qo`ying, u tilla rang bo`lsa, maqsadga muvofiq bo`ladi. Pul kelishi uchun  qurbaqaning yuzini xonaning ichki tomoniga qaratib qo`ying. Yana xartumini yuqoriga ko`tarib turgan fil ham boylik chaqirish xususiyatiga ega. Fil esa muvaffaqiyat chaqirish uchun oynadan tashqariga qarab turishi kerak. Keraksiz taqir-tuqurlarni chiqarib tashlang, ular pulning quvvatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.

YoTOQXONA
Yotoqxonadagi divanni shunday qo`yingki, uning har ikkala tomonidan o`tish uchun yo`l qolsin. Divan ustida albatta, ikki yostiq va bitta adyol bo`lishi lozim. Iloji boricha, alohida ikki ko`rpadan emas, balki kengroq bitta ko`rpadan foydalaning. Alohida solingan ko`rpa erkak va ayolning ajrashib ketishiga sabab bo`lishi mumkin. Divan tagida hech nima saqlamang. Shkafning yoki polkaning uchli qirrasi to`shakka yo`nalmaganiga e`tibor bering.

QUVVAT BERUVChI O`SIMLIKLAR
Tirik, tabiiy gullar — haqiqiy quvvat manbaidir. Shaxsiy hayotda baxtga erishish uchun doimo stol ustiga tirik gullar solingan guldon qo`ying. Fenshuy bo`yicha sariq lola ayriliq emas, balki baxtli oilaviy hayot timsolidir. Dekorativ bambukni ham ko`zga tashlanadigan joyga qo`yish mumkin. Sharq madaniyatida bambuk poyasi kuch-quvvat, iroda va qat`iylik timsolidir.

SURAT, SAVAT…
Uyning o`ng burchagi — mehr-muhabbat burchagi hisoblanadi. Xonaning aynan shu qismi toza, ozoda va yorug` bo`lishi lozim. Bu erga ikkita kreslo yoki ikkita stul qo`ying. Yotoqxona devorlarini bezashda pushti, shaftolirang yoki yorqin ranglardan foydalaning. Yotoqxonaga tuvakda gul qo`ymang. Tirik gullarni guldonga yoki savatga solib qo`ying. Hech qachon devorga quyosh botayotgani, kuz tasvirlangan suratlarni ilmang. Yaxshisi, natyurmort iling. 

OLTIN BALIQChA
Uyda suvning oqishi tasvirlangan surat bo`lgani ham foydadan xoli emas, ammo suv yuqoridan pastga oqmasligi kerak. Elkanli kema tasvirlangan surat bo`lsa, kema ichkariga qaratib ilinishi kerak. Akvariumdagi oltin baliqcha esa haqiqiy boylik ramzidir. Oltin baliqcha toq bo`lishi kerak. Akvarium suvini tez-tez yangilab turing, agar suv eskirib, loyqalanadigan bo`lsa, ishingiz orqaga ketishi mumkin.

EShIKNI MAHKAM YoPING
Har doim vanna va hojatxonaning eshigini mahkam yoping. Jo`mrakdan suvning tomchilab, oqib turishining oldini oling. Vanna va hojatxona uydan ijobiy quvvatning oqib chiqib ketishiga sabab bo`ladi, shuning uchun bu xonalarning eshigi mahkam yopilishi, iloji boricha, unitazning ham qopqog`ini yopib qo`yish lozim.

BOYLIK DARAXTI
Boylik daraxti o`tqazilgan tuvakni yotoqxonadan boshqa hamma joyga qo`yish mumkin. Uning barglari xuddi tangacha kabi yirik bo`lishi kerak. Binafsha ham boylik chaqirish xususiyatiga ega.

SEVIMLI RANG
Boylikka erishishni judayam istasangiz, xonani yashil, binafsha va nafarmon ranglarga bo`yang. Pul bu ranglarni judayam xush ko`radi. Shu rangli ko`rpa, yostiq, choyshablardan ham foydalanishingiz mumkin. Kiraverish joyga o`rnatilgan toshoyna kirishga teskari ravishda qo`yilmasligi lozim, aks holda muvaffaqiyat ko`chaga chiqib ketishi mumkin.

SARANJOM-SARIShTALIK
Uyingizda hamma narsa ozodalikdan yarqirashi lozim. Oyna, idishlar, hatto eng ko`zga tashlanmaydigan joylar ham changdan, garddan xoli bo`lishi kerak. Darz ketgan, siniq idishlardan hech qachon foydalanmang, iloji boricha ularni tashlab yuboring.

HAMYoNINGIZ RANGIGA E`TIBOR BERING
Bir necha qizil rangli xatjildlarga yirik hajmdagi pullardan solib, uni “ertangi kun baxt maktubi”  deb atang va xonaning turli burchaklariga qo`yib chiqing. Ularga ma`lum  muddat teginmang. Pul soladigan hamyoningizning rangi oltin, kumush va qizil rangda bo`lsa, bunday hamyonni hech qachon pul tark etmaydi.

FENShUY
Fenshuy – kerakli, ijobiy quvvatni chaqiruvchi ramzlar majmuidan iboratdir. U bizning hayotimizga ijobiy ta`sir qiladi. Bu narsa aksariyat dunyo xalqlari amaliyotida mavjud bo`lgan. Ammo uni ilk marotaba Xitoy hayotga tatbiq etgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!