Farrux Zokirov sulolasining yosh avlod vakillaridan ranjidi

18:56, 09 iyul

O`zbek estrada san`atida “Afsonaviy guruh” deb e`tirof etilgan “Yalla” guruhi rahbari va yakkaxoni Farrux Zokirov “Tasvir” gazetasiga bergan intervyusida Zokirovlar sulolasi yosh avlod vakillaridan ranjiganini bildirdi:

“Zokirovlar sulolasining katta avlod vakillari bilan yosh avlod vakillari o`rtasidagi munosabatlarni judayam ahil deya olmayman. Mehr-oqibat bor, ammo bir-birini tushunish yo`qdek... Sevimli ukamning o`g`li Javohir Zokirovni olsak, u ajoyib aktyor, bugungi kunda ancha yutuqlarga erishdi. Ravshanning o`g`li Vagif – o`z kasbining ustasi, ularning yutuqlaridan quvonaman, albatta. Ammo menimcha, har bir avlodning o`z an`analari bor. Balki dunyoqarashlarimiz boshqami, bilmadim... Mening yosh qarindoshlarimga aytadigan gapim bitta: “Nima bo`lgan taqdirda ham, Karim Zokiriyning nabirasi ekanligingizni unutmang!”. O`zim esa kimning o`g`li, kimning ukasi ekanligimni hech qachon yoddan chiqarmayman, bu menga quvonchdan ham avval katta mas`uliyat yuklaydi. Hamon yodimda, Botir akamga orkestrda ishlash niyatim borligini aytganimda, u kishi rozi bo`lish o`rniga, “Avval o`qing, orkestr bilan kuylash uchun unga loyiq bo`lish kerak”, degandi. Rahmatli Botir akamning qattiqqo`lligidan ranjib, onamga shikoyat qilgan vaqtlarim bo`lgan. Onam gaplashib ko`rganlar, ammo akam unamagan. Akamning bergan maslahatiga amal qilib, kam bo`lmadim, buni keyin tushundim, qadriga etdim. Men mashhur san`atkorning farzandi, mashhur san`atkorning ukasi bo`lganligim uchun osongina san`atga kirgan emasman, aksincha buning zamirida qancha bilim, mehnat, izlanish, qolaversa, aytganimdek, ulkan mas`uliyat yotadi”.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!