Portugaliya Ronaldusiz Evropa chempionligini qo`lga kiritdi

09:43, 11 iyul

Evro-2016 turnirining finalida Portugaliya terma jamoasi Fransiya futbolchilariga qarshi bahs olib bordi. 

O`yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi, garchi fransuzlar katta ustulikka ega bo`lishsa ham.  

Birinchi bo`limning o`rtalarida Krishtianu Ronaldu jarohat olib, maydonni tark etdi va Portugaliya etakchisiz qoldi. 

Qo`shimcha taymlarning ikkinsichida zaxiradan maydonga tushgan Eder gol kiritib, Portugaliyaning chempion bo`lishiga katta hissa qo`shdi. 

Evro-2016. Final

Portugaliya – Fransiya 1:0

Gol: 1:0 – 109 Eder. 

Ogohlantirishlar: Soaresh (34), Joau Mariu (62), Umtiti (80), Gerreyru (95), Matyuidi (97), Vilyam Karvalyu (98), Koselni (107), Pogba (115).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!