Rayxon Yigitalining gaplariga qanday javob qaytardi?

09:45, 11 iyul

O`zbek shou biznesida hech bir sana`tkorning ajrashishi hali bunchalik shov-shuv bo`lmagan edi. Yigitali va Rayxonning nikoh to`ylari nashrlarda bir mavzu bo`lgan bo`lsa, ularning ajrashishi yanayam ko`proq “chaynal”moqda. 

Bir necha oydan beri Yigitalining ajrashish haqidagi fikrlari ommaviy axborot vositalarida keng yoritilib kelinmoqda. Unda Yigitalining oilada erkak kishining o`rni yuqoriligi va buyuk erkak ortida ayyor ayol emas, aqlli ayol turishini ta`kidlagan edi. Yigitalining bu fikrlariga Rayhonning munosabatini bilish uchun uning ma`muri Sherbekka murojaat qilganimizda u Rayxon anchadan beri ayni savolni berayotgan jurnalistlarga javob qilmayotganini aytdi.

Shuningdek, Rayxon Yigitali aytgan mayda-chuyda gaplardan yuqorida ekanligini, u bunchalik pastkashlikka bormasligini ma`lum qildi. “Rayxon oila sirlarini “ko`chaga olib chiqishni” xoxlamaydi”, dedi xonanda Rayxonning ma`muri Sherbek “Diydor aziz” nashriga.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!