Ronaldu: Termadagi chempionlik faoliyatimdagi eng yaxshi lahza bo`ldi

10:00, 11 iyul

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Fransiyaga qarshi (1:0) kechgan final bahsidan so`ng o`z fikrini bildirib o`tdi

– Men baxtiyorman. Bu imkoniyatni 2004 yildan buyon kutgandim. Ushbu mukofotga loyiq edik deb o`ylayman. Bugun faoliyatimdagi eng ajoyib damlardan biri. Mamlakat termasi bilan sovrin yutish istagim bor ekanini doimo aytganman va nihoyat bunga erishdim. 

Afsuski, jarohat tufayli finalni erta tark etishga to`g`ri keldi. Shunga qaramay, men jamoa bilan birga edim va g`alabaga oxirigacha ishongandim, – dedi 31 yoshli futbolchi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!