2016 yilning o`tgan davrida 7 nafar xonanda 31 ta konsert jonli ijroda taqdim etildi

10:42, 11 iyul

2016 yil 6 oyi holatiga O`zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov (10 kun), Gulsanam Mamazoitova (6 kun), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Shuhrat Qayumov (2 kun), O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi Xojakbar Hamidov (2 kun), estrada xonandalari Farhod Saidov (2 kun), Jahongir Otajonov (3 kun), Rustam G`oipov (1 kun), tomonidan jami 7 nafar xonanda 31 ta konsert dasturlari jonli ijroda taqdim etildi.

Bu haqda “O`zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan O`zbekiston Milliy matbuot markazida Yaratilayotgan qo`shiqlarning ma`naviy-ahloqiy ahamiyati hamda Konsert-tomosha tadbirlari sifatini yanada oshirish, fonogrammasiz konsert tadbirlarini tashkillashtirish borasida olib borilayotgan ustuvor vazifalar mavzuidagi matbuot anjumanida ta`kidlandi.

Shu o`rinda ta`kidlab o`tish joizki, O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovni bu yilgi konsert dasturi reklama vositalarida ommaga “fonogramma orqali ijro etiladi” deb e`lon qilingan bo`lsada, “jonli ijro”ni omma o`rtasida targ`ib etish maqsadida 10 kunlik konsert dasturi to`liq “jonli ijro”da muxlislariga havola etilgan.

Mamlakatimizda fonogrammadan foydalanishga nisbatan qonuniy cheklov mavjud emas, biroq “Iste`molchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonunning 6-moddasiga muvofiq, konsert yoki tadbirlar o`tkazilayotganda iste`molchiga fonogrammadan foydalanish yoki foydalanmaslik haqida ma`lumot berilishi shart. Qoidaga ko`ra, fonogrammadan foydalanish to`g`risidagi xabarda “fonogramma orqali ijro etiladi” so`zlari bo`lishi kerak" deb ta`kidladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!