Jasur Umirov baqirmasdan qo`shiq aytolmasligini tan oldi

11:46, 11 iyul

Xonanda Jasur Umirov baqirmasdan qo`shiq aytolmasligini tan oldi.

“Tushunaman, mahzun tarona muxlis qalbidan tezroq joy oladi. Uni eshitish ham tinglovchi uchun maroqli. Lekin ancha vaqt ilgari “Atirgul” nomli sokin tarona yaratishga urinib ko`rdim. Qo`shiq mavzusi ham, musiqasi ham yomon emasdi. Ammo ko`pchilik bu Jasur Umirovga yarashmagan qo`shiq bo`libdi, deb e`tiroz bildirdi. To`g`ri, balki bu taronam ham o`z tinglovchisini topgandir, biroq xit darajaga etmagan. Shu-shu ko`proq o`z yo`nalishimga sodiq qolib, yangi ijod namunalarini yaratishga astoydil harakat qilib kelyapman. O`ylashimcha, qo`shiqlarimda faqat baqirishim kerak”,  deya “Sabo” gazetasi  muxlislari bergan savollarga javob berdi Umirov.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!