AQShda polisiyachilar qora tanlilarni sababsiz o`qqa tutmoqda

11:57, 11 iyul

7 iyul kuni AQShlik polisiyachilar isyonchilar tomonidan o`qqa tutilgandan keyin polisiyachilar hech bir sababsiz ikki qora tanlini otib tashladi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Fojiadan keyin so`zga chiqqan AQSh prezidenti Barak Obama mamlakatda hamon irqchilik hukm surayotganini afsus bilan tilga oldi. Rasmiy spikerlar polisiyachilar demokratiyani himoya qilayotganliklarini aytishdi, ammo nima uchun hech bir asossiz qora tanli insonlarni o`qqa tutayotganliklari haqida so`z ochmadi. 

Ularning begunoh qora tanli insonlarni birin-ketin o`ldirayotganligiga etarlicha baho bermadi. Amerikalik polisiyachilar yil boshidan beri besh yuz kishining yostig`ini quritgan. AQSh bosh prokurori Loretta Linch AQSh jamiyati zo`ravonlikka, qo`rquv va nafratga to`lib ketganligini, bunday holga chek qo`yish uchun madaniyatni tubdan o`zgartirish lozimligini ta`kidladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!