Evro–2016. Eng, eng, eng...

15:21, 11 iyul

Fransiya yashil maydonlarida o`tgan Evro-2016 bahslari o`z poyoniga etdi musobaqa sarhisobi bo`lib o`tdi. 

Fransiya termasi forvardi Antuan Grizmann Evro–2016ning eng yaxshi to`purari bo`ldi. Jami 6 ta gol va 2 ta golli uzatma amalga oshirgan fransuz futbolchisiga “Oltin butsa” topshirildi.

Umumiy hisobda 625 daqiqa o`ynab, 3 ta gol urgan va 3 ta golli uzatma bergan Krishtianu Ronaldu “Kumush butsa”ga ega chiqdi. Olive Jiru esa 3 ta gol va 2 ta assist bilan eng yaxshi uchinchi to`purar bo`ldi.

Musobaqaning “Eng yaxshi yosh futbolchisi” Renatu Sanchesh bo`ldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!