O`zbekistonlik qiz “Novaya volna” kastingidan o`tdi

15:24, 11 iyul

Malika Razzoqova “Novaya volna – 2017” xalqaro qo`shiq tanlovi kastingidan o`tdi, deb xabar berdi “1news.uz” nashri.

Musiqachilarni tinglash ilk “Tavrida-2016” namunaviy forumi doirasida bo`lib o`tdi. Tanlov uchun qatnashchilarni shaxsan Igor Krutoy, Valeriya va Iosif Prigojinlar tanlab oldi. 

Malika Razzaqova O`zbekistonda tug`ilgan, keyinchalik Ufaga ko`chib ketgan. U Qozon san`at va madaniyat institutini tugatgan, tatar, boshqird, rus, ingliz va turk tillarida qo`shiq kuylay oladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!