Messi Ronalduning muvaffaqiyati va shaxsiy muammolaridan tushkunlikka tushdi

15:46, 11 iyul

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi so`nggi paytlarda omadsizlikka uchramoqda. Argentina terma jamoasining Amerika Kubogi finalidagi Chilidan uchralgan mag`lubiyati va uning 21 oy muddatga shartli qamoq jazosiga hukm qilgani futbolchining chuqur tushkunlika tushishiga sabab bo`ldi.

“Barselona” harchand Messini qo`llab-quvvatlamasin, Messi tushkun holatdan qaytmayapti. Hujumchi muhitni o`zgartirishn niyatida. Ma`lum bo`lishicha, Messi 2018-yil yozida yakuniga etadigan shartnomasini uzaytirmaydi.

Buning ustiga, Messining azaliy raqibi Krishtianu Ronaldu terma jamoasi safida Evropa chempioniga aylandi. Argentinalik hujumchi esa terma jamoa safida hech qanday natijaga erishmagan. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!