Elizaveta II idish yuvuvchiga 16,8 ming evro miqdorda yillik daromad va`da qilmoqda

16:14, 11 iyul

Bukingem saroyi qirolicha Elizeveta II idish yuvuvchini ishga olishi haqida e`lon berdi.

Xodimga 5 ish kuni uchun 16,8 ming evro miqdorda yillik daromad va`da qilinmoqda, deya xabar beradi Uz24 nashri. Shuningdek, 33 dam olish kuni va pensiya ta`minoti ham ko`rib chiqiladi.

Nomzodlar nafaqat Bukingem saroyida, balki boshqa qirollik saroylarida ham idish yuvishlari kerak.

Ushbu ishda faoliyat yuritish uchun tajriba talab etilmaydi, yangi xodimga hammasi o`rgatiladi, deb yozadi The Mirror.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!