Lola Ahmedova farzand tarbiyasidagi sirlari bilan o`rtoqlashdi

16:46, 11 iyul

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan Lola Ahmedova 2016 yil ikkinchi marotaba ona bo`ldi. Ikki o`g`il farzandni tarbiyalayotgan xonanda bilan uzoq tanaffusdan keyingi suhbatimiz, e`tiboringizni tortishiga ishonamiz. 

Onamning tarbiya usuli.
Onam “bolani yaxshi ko`rishingni  ko`p bildirmaganing ma`qul”, deydi. Bizni ham juda qattiqqo`llik bilan tarbiyalaganlar. Ba`zida “Boshqalarning onasiga o`xshab bizni erkalatmaydilar, ko`p urishadilar...” deb xafa bo`lgan paytlarimiz ham bo`lardi. Lekin hozir o`zim ham shu usuldan foydalanaman. Yaxshi ko`rishimni to`liqligicha bildirmayman. Ba`zida chiday olmay, uxlaganda erkalatib, o`pib-o`pib olaman (kuladi). Bundan tashqari, dadasi, tog`asi yoki boshqalar urushsa yonini olmayman. Agar yonini olsam, “Onam bor, doim meni yonimni oladi” deb tarbiyasi buzilishi mumkin. 

Jazolash kerak.
Agar bola noto`g`ri ish qilsa, uni jazolash kerak. Masalan, o`g`lim meni xafa qilsa u bilan gaplashmay qo`yaman. Buyam bir jazo. Ya`ni faqat, “Ovqatingni eb ol, tur bog`chaga borasan” kabi zaruriy gaplarni gapiraman. Birga o`ynamaganimni, gaplashmay yurganimni sezib, “Onamni xafa qilib qo`yibman-da” deb o`ylaydi.  Mana shuning o`zi u uchun yaxshigina jazo. Bu narsani sezgan o`g`lim, kechirmagunimcha hol-joniga qo`ymaydi. Ba`zida juda quloqsiz bo`lsa, telefon zarayadnigining simi bilan tushirib qolishim ham mumkin. Lekin bu barcha uchun umumiy maslahat emas. Har bir bola uchun individual yondashuv kerak. Masalan, ba`zi bolalarni qattiq gapirish bilan to`g`ri yo`lib bo`ladi, ba`zilarini esa yomon yo`ldan qaytarish, tarbiyasini to`g`rilash uchun urib turish ham kerak deb hisoblayman. Bunda yoshni ham inobatga olish kerak.

“Darakchi” gazetasining 28-soni “Ona va bola” loyihasining navbatdagi mehmoni Lola Ahmedova. Xonandaning batafsil intervyusini gazetada o`tkazib yubormang!

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!