AQShning g`alati nikoh qonunlari

17:25, 11 iyul

AQShning nikoh to`g`risidagi qonunlari boshqa hech qaysi mamlakatda uchramaydi, bu hatto amerikaliklarning o`zlari uchun ham kulguli sanaladi, deydi “Sosmo.ru” nashri.

Quyida AQShning ba`zi bir shtatlarida qabul qilingan qonunlarni e`tiboringizga havola etamiz. Bu qonunlarni boshqa shtatlarda yashovchilar latifa tarzida aytib yurishadi. 

1. Er va xotin yonma-yon, kiyimsiz yotishi taqiqlanadi
Massachusets shtatining Salem shahri XVII asrlarda ayollarni yalmog`izlikda ayblab, sud qilishda dong chiqargan shaharlardan biridir. “Salem yalmog`izlari” o`limidan keyin oqlangan. Oradan shuncha vaqt o`tishiga qaramay, bu qonunlarning ta`siri bizning zamongacha etib kelgan. Masalan, er va xotin o`zlarining shaxsiy uyidan boshqa joyda yonma-yon va kiyimsiz yotishi taqiqlanadi. Qonun rasman tan olingan bo`lsa-da, mehmonxonada yoki ijara uyda yotgan er-xotinlar dorga tortilmaydi.

2. Kelin-kuyov o`rniga uning vazifasini dublyor bajarishi mumkin
To`y, tantana marosimida o`zini noqulay sezgan yigit ba`zan to`y tugaguncha o`rniga kimdir  o`tirishini ham xohlab qoladi. Bunday imkoniyat Montana shtatida yashovchi harbiylarda mavjud. Bu erda harbiy xizmatda bo`lgan yigit va qiz to`yda qatnashish imkoniyatiga ega bo`lmasa, o`rniga ishongan odamini qo`yishi mumkin. Kelin-kuyov vazifasini bajarayotgan yigit va qiz tantana tugagunga qadar bu rolni bajaradi. Albatta, qonun ilk nikoh kechasiga taalluqli emas.

3. Bahslashib uylanish mumkin
Agar do`stlaringiz bilan bahslashib, hazillashib uylanmoqchi bo`lsangiz, buni AQShning Delaver shtatida amalga oshirishingiz mumkin. Bu shtatning qonunlarida bahslashib nikohdan o`tilgan bo`lsa, uni bekor qilish muammo tug`dirmaydi.

4. Aldab, tashlab ketish taqiqlanadi
Janubiy Kaliforniyada yigitning va`da berib, uylanmasligi taqiqlanadi. 16 yoshdan oshgan yigit biror qizni uylanaman deb aldab ketsa, bir yildan ortiq  muddatga qamoqqa olinadi.

5. Qarindosh rafiqa
AQShning Yuta shtatida qarindoshlar o`rtasidagi nikoh kelin-kuyovning yoshi 55 yoshdan yuqori, farzand ko`rish imkoniyati bo`lmasa, ruxsat etiladi. Bu qonunning qabul qilinishiga  qarindoshlar o`rtasidagi nikohdan nogiron bolalar tug`ilishining oldini olish va iqtisodiy omillar sabab bo`lgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!