Karlo Anchelotti “Bavariya” murabbiyi sifatida tanishtirildi

09:02, 12 iyul 2016

“Bavariya” jamoasi “Real” sobiq ustozi Karlo Anchelotti bilan qishda kelishuv tuzgan edi. Myunxenliklar italiyalik mutaxassisni jamoa bosh murabbiyi sifatida tanishtirdi.

Karlo Anchelotti “Bavariya” qarorgohida matbuot anjumanida ishtirok etiganidan so`ng, klubning mashg`ulotlar majmuasi ko`zdan kechirdi. Shundan so`ng yangi bosh murabbiy futbolchilar bilan yaqindan tanishib, ular bilan ilk mashg`ulot o`tkazdi.

Eslatib o`tamiz, “Bavariya”ni 3 yil davomida boshqargan Pep Gvardiola “Manchester Siti” klubiga o`tib ketdi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!