Oltoylik erkak Moskvaga, Putinning oldiga sariq “Zaporojes”da keldi

10:18, 12 iyul

Rossiyaning Oltoy o`lkasida yashovchi Evgeniy Korchagin prezident Vladimir Putin bilan uchrashish uchun Moskvaga sariq “Zaporojes”da keldi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Hozircha Evgeniy Korchagin prezident qabuliga yozilishga ulgurmagan, uning davlat rahbariga aytadigan gaplari ko`p. Uning aytishicha, safar davomida ona yurtida bajarilishi lozim bo`lgan ishlar ko`pligiga, masalan, ba`zi bir qishloqlarda maosh o`rniga oziq-ovqat mahsulotlari berilganiga guvoh bo`lgan. Korchagin prezident bilan Oltoy o`lkasidagi vaziyat yuzasidan, shu jumladan, aslida mavjud bo`lmagan Rubsov zavodi haqida so`zlab berishni rejalashtirgan. Uchrashuv vaqti ikki haftadan so`ng ma`lum bo`ladi. Agar kuzga qoldiriladigan bo`lsa, Evgeniy Korchaginning vataniga qaytib ketishiga to`g`ri keladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!