Krishtianu Ronaldu sahovatli ish qildi

11:09, 12 iyul

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evro–2016 yakunlariga ko`ra “Kumush butsa” mukofotiga loyiq deb topilgani haqida xabar bergandik. 31 yoshli forvard musobaqa davomida 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgandi.  

101greatgoals.com portalining xabar berishicha, “Real” hujumchisi ushbu mukofotni termadagi jamoadoshi Naniga sovg`a qilib yubordi. Keyinroq yarim himoyachi Ronalduning qilgan ishidan minnatdorligini aytdi. Qayd etish kerakki, Ronaldu ikkinchi o`rinda bo`lishni yomon ko`rgani bois shunday yo`l tutdi.

Eslatib o`tamiz, Evro–2016 “Oltin butsa”si Fransiya terma jamoasi Antuan Grizmannga nasib qilga. U Evropa chempionatida 6 ta gol urishga va 2 ta golli pas berishga muvaffaq bo`lgandi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!