Erkakni ayoldan bezdiradigan odatlar

11:46, 12 iyul

Ayol fe`l-atvoridagi qaysi xususiyatlar erkakni cho`chitib yuboradi?

U sizni allaqachon sevib qolgan, zargarlik do`konidan nikoh uzugini ham sotib olishga tayyor, ammo qat`iy qaror qabul qilishga nimadir xalaqit qiladi. Ayol tabiatidagi qaysi xususiyatlar erkakning qat`iy qarorga kelishiga xalaqit qilishi bilan sizni “Rambler.ru” nashri tanishtiradi.

Ro`zg`or yumushlarini eplay olmaslik

Erkak kishi har qancha toparman-tutarmon bo`lib, restoran, kafelarda ovqatlanmasin u o`z oilasida, rafiqasining qo`lidan mazali taom iste`mol qilishni orzu qiladi. Hozirgi zamonda ayollar ham pul topishda erkaklardan qolishmayapti, ammo u biznes-vumen bo`lsa-da, avvalo ayol, uy bekasidir. To`ydan keyingi ilk kunlarda ro`zg`orni eplolmaslik tabiiy holdir, ammo keyinchalik ham ovqatning tagiga olib ketishi, uydagi betartibliklar har qanday erkakning jahlini chiqaradi.

Har doim nolib, shikoyat qilish

Birinchidan, erkakning o`zi nolishni xush ko`radi, unga hadeb zorlanaveradigan ayol kerak emas. Ikkinchidan, ayolning kayfiyati yomon bo`lsa, o`zini aybdor his qiladi. U o`zining ojizligidan, sizning ko`nglingizni ololmaganidan depressiyaga tushadi. Turmush o`rtog`ingizning bunday ahvolidan birinchi navbatda o`zingiz aziyat chekasiz. Huda-behuda nolib, ob-havoning yomonligidan, yo`ldagi tirbandlikdan, tabiat injiqliklaridan shikoyat qilaversangiz, eringiz sizni janalkash, noshukur ayol deb o`ylashi mumkin.  Avvaliga u sizni yupatishga harakat qiladi, ammo vaqt o`tgan sari u bundan charchaydi. Bunday ko`ngilsiz holning oldini olish uchun o`zingizni qo`lga oling.

Erkakni boshqalar bilan taqqoslash

Aksariyat ayollar nimagadir turmush o`rtog`iga boshqa erkakni namuna qilib ko`rsatib, unga ta`sir qilishga o`tkazishga harakat qiladi, buni eng yaxshi usul deb o`ylaydi. Masalan, “Qo`shnimizga qarang, allaqachon mashina sotib oldi, siz esa hamon eski velosipedda yuribsiz”, “Dugonamning eri dam olish uchun chet elga yo`llanma olibdi, biz esa shu yaqin-o`rtada ham dam ololmaymiz”, deb erini egovlaydi. Ming afsuski, bunday taqqoslashlar erkakka biz o`ylaganday ta`sir qilmaydi, aksincha uning g`azabini keltiradi. Agar uning yagonalagini, boshqalarga o`xshamasligini aytib maqtaydigan bo`lsangiz, bundan uning boshi ko`kka etadi. O`zini qahramon deb his qilib, siz uchun tog`ni ag`darishga ham tayyor bo`ladi.

Shubha-gumonga tushish, ortiqcha nazorat

Inson qaysi jins vakili bo`lishdan qat`i nazar, o`z erkinlik hududiga ega bo`lishni istaydi. Erkak ba`zan uyda yolg`iz qolishni, ko`ngli tusagan ish bilan shug`ullanishni yoki rafiqasisiz do`stlari bilan barda o`tirishni xohlaydi. Buning hech qanday qo`rqinchli joyi yo`q. Erkaklar shubha qilaveradigan, uning har bir qadamini tekshiradigan ayolni yoqtirmaydi. Agar uni xiyonatda ayblayversangiz, qilmagan ishi uchun tuhmatga qolgandan ko`ra, shu ishni bajarishga harakat qiladi. 

Ortiqcha sarf-xarajat qilish

Har qanday erkak, puli bor yo`qligidan qat`i nazar, ortiqcha sarf-xarajat qilib, pulni ko`kka sovuradigan ayolni yoqtirmaydi. Har bir xaridingiz asosli bo`lishi lozim. Shopogollik hech qachon modada bo`lmagan. Bu erkakning xasisligini belgilamaydi, u sizni sovg`aga ko`mib tashlashi mumkin, ammo hamma narsaning chegarasi bo`lishi lozim.

Yig`loqilik, injiqlik qilish

Erkaklar yig`layotgan ayolni yupatishga harakat qilib, o`zi ham qo`shilib yig`lasa-da, ayollarning ko`z yoshlariga toqat qila olmaydi. Yig`i bir-ikki marta ta`sir qilib, erkakka o`z kuchini ko`rsatishi mumkin, keyin esa ... asabini o`ynaydigan bo`ladi.

Behuda rashk qilish

Hamma o`ziga tegishli insonni boshqaga berib qo`yishni istamaydi, ammo uni uyga qamab ham bo`lmaydi. Erkakka erkinlik, ozodlik kerak, biroq bu boshqa ayolga ketib qoladi degani emas. Agar bo`lar-bo`lmasga uni tergayversangiz, ko`chada birorta ayolga nazar tashlaydigan bo`lsa janjal qilsangiz, ertami-kechmi turmush o`rtog`ingiz o`sha ayolning oldiga ketib qoladi. Yubkadagi Otello bo`lish, romantilikdan ancha yiroqdir. Bundan tashqari, rashk nafaqat munosabatlarga, balki sog`likka ham putur etkazadi. Rashkchi ayollar aksariyat hollarda bosh og`riqdan, depressiyadan, asab kasalliklaridan aziyat chekadi.

G`iybatchilikka moyillik

Har kuni kechqurun hamma narsani yig`ishtirib qo`yib, telefonda dugonangiz bilan soatlab g`iybatlashadigan bo`lsangiz, bu turmush o`rtog`ingizga yoqmaydi. U oilaviy sirlarni dugonangizga aytib qo`yishingizdan shubhalanadi va ko`p hollarda o`zining sirlarini ham sizdan yashiradigan bo`ladi.

Qat`iy jadval asosida yashash
 

Bu dunyoda hamma narsa o`tkinchi, vaqti kelib, kuchli ehtiroslar o`rnini maishiy muammolar egallaydi. Ayniqsa ayollar boshqarishni, qayta tarbiyalashni xush ko`radi. Ammo erkak rafiqasi chizgan chiziq ustidan yurishni istamaydi. Uning oldiga qat`iy talab qo`yish yaramaydi, balki hamma narsani yotig`i bilan tushuntirsangiz, u barcha aytganlaringizni so`zsiz bajaradi va sizday aqlli ayoli borligidan faxrlanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!