“Vest Xem” Dimitri Payetni 50 mln evrodan arzonga sotmaydi

14:23, 12 iyul

Londonning “Vest Xem” jamoasi prezidenti Devid Gold fransiyalik yarim himoyachi Dimitri Payet 50 mln evrodan arzonga sotilmasligini ma`lum qildi.

“Championat.com” nashrining ma`lum qilshicha, “bolg`achilar” 29 yoshli fransiyalik futbolchi uchun keladigan takliflar 50 mln evrodan kam bo`lsa, uni ko`rib ham chiqmaydi. Shuningdek, Gold imkon qadar futbolchilarni sotmaslikka harakat qilishini aytdi.

Evro–2016 turniridan so`ng Payetga “Chelsi”, “Real”, “Manchester Siti” va PSJ klublari qiziqish bildirdi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!