Shuhrat Qayumovning salomatligida jiddiy o`zgarish aniqlandi...

11:23, 13 iyul

Xonanda va cuxandon Shuhrat Qayumov Moskvaga salomatligi yomonlashgani bois davolangani  ketgani ma`lum bo`ldi.

Aslida xonandaning sog`ligi konsert kunlari yomonlashgani haqida xabar bergandik, biroq xonanda bunga e`tibor qilmay o`zining jonli ijrodagi konsert dasturini taqdim etgan edi.

Yaqinda Shuhrat Qayumov turmush o`rtog`i bilan Moskvaga jo`nab ketdi, bizga etib kelgan ma`lumotlarga ko`ra, u bir muddat davolanish kurslarida bo`ladi.

Shuhrat Qayumov 2013 yilda ham sog`ligi yomonlashgani bois Moskvadagi mashhur klinikalardan birida davolanib qaytgan.

Yodgorbek Yuksal

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!