Sinoptiklar O`zbekistonga salqin havo va`da qilishdi

11:35, 13 iyul

Jazirama issiqdan so`ng O`zbekistonning barcha hududlariga qisqa muddatga salqin havo kirib keladi. 

Sinoptiklarning bashoratlariga ko`ra, 14 iyul kuni respublika bo`ylab o`rtacha havo harorati kunduzi 30 – 35°, kechasi esa 18 – 23° tashkil qiladi. Bundan tashqari, O`zgidromet ayrim hududlarda yomg`ir va momaqaldiroq hamda kuchli shamol va`da qilgan.

Biroq 15 iyuldan hammasi avvalgi holiga qaytadi va harorat kunduzi 35 – 40° isiydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!