Italiyada ro`y bergan temiryo`l halokatida 27 kishi halok bo`ldi

13:46, 13 iyul

Italiya janubida yuz bergan temiryo`l halokati oqibatida qurbonlar soni 27 nafarga etdi, deya xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Ikki poezd to`qnashishi oqibatida 50dan ortiq yo`lovchi tan jarohati olib, kasalxonaga tushgan. Halokat 12 iyul kuni Bari shahri atrofida ro`y bergan. 

Qidiruv ishlari davom etmoqda. Qutqaruvchilar majaqlangan vagonlarni kesib ochmoqdalar, bir necha odam bedarak yo`qolgan deb hisoblanmoqda. Falokat yuz bergan joyga Italiya bosh vaziri Matteo Rensi etib kelib, jabrlanganlarning, halok bo`lganlarning yaqinlariga ta`ziya izhor qildi.

Halokat yuz berishiga ikki narsa sabab qilib ko`rsatilmoqda, birinchisi avtomatikaning ishdan chiqishi bo`lsa, ikkinchisi inson omili deb taxmin qilinmoqda. Tergovchilar og`ir tan jarohati olsa-da, omon qolgan mashinistning ko`rsatmalarini kutmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!