Hech kim tashrif buyurmagan to`y dunyo ahlini hayratga soldi

16:31, 13 iyul

Haqiqiy muhabbatning yo`lini hech nima, hatto dovul ham to`solmaydi. Xitoylik kelin-kuyov noqulay vaziyatda qoldi, to`yga taklif etilgan 300 kishidan deyarli hech kim nikoh oqshomiga kelmadi, deb xabar berdi “Misstits.ru” nashri.  

Bu voqea o`tgan haftaning dam olish kunida ro`y berdi. Xitoyning bir qancha viloyatlarida yuz bergan dovul tufayli odamlar uydan chiqishga xavfsirashgan. Ammo tabiiy ofat kelin Chjou Tyanni yo`ldan qaytara olmadi, u sevgan yori bilan nikohdan o`tdi. 300 kishiga mo`ljallab, bezatilgan to`yxona bo`m-bo`sh, yaqin qarindoshlari bo`lmish 10 kishi tashrif buyurishiga qaramay, kuyov ham kelinni mehrob yonida kutdi. 

Kelin-kuyov bir-biriga nikoh qasamini aytayotganda, kelin Chjou shunday dedi: “ Mehmonlarning, qo`llab-quvvatlovchi insonlarning, mushakbozlikning yo`qligi meni tashvishga solmaydi. Asosiysi siz yonimdasiz, yomg`irdan ivib ketgan kiyimingizning ham ahamiyati yo`q, qanday voqea ro`y berishidan qat`i nazar, baribir sizga turmushga chiqaman!”. Kelinning so`zlari to`yga kelgan kam sonli mehmonlarni larzaga soldi va ular bu voqeani ijtimoiy tarmoqqa joylashdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari kelinni olqishlab, minglab repost va layk bosishdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!