O`zbekiston Prezidenti Italiya Prezidentiga ta`ziya izhor etdi

16:49, 13 iyul

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Italiya Respubikasi Prezidenti Serjo Mattarellaga 2016 yilning 12 iyul kuni Italiya janubidagi Apuliya viloyatida yuz bergan temir yo`l halokati oqibatida insonlar qurbon bo`lganligi munosabati bilan chuqur ta`ziya izhor etdi.

Davlatimiz rahbari o`z maktubida qurbon bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamda jarohatlaganlarga samimiy hamdardlik va qayg`udoshlik so`zlarini etkazishni so`radi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!