“Islom davlati” rahbarining halok bo`lganini tasdiqladi

10:13, 14 iyul

“Islom davlati” terrorchilik guruhi o`zining harbiy rahbarlaridan biri bo`lmish Umar ash-Shishaniyning halok bo`lganini tasdiqladi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.

Terrorchilar bergan ma`lumotga ko`ra, ash-Shishaniy Iroqda, Mosulning janubida bo`lgan jang vaqtida halok bo`lgan. Hukumat qo`shinlari Iroqda Mosulni terrorchilardan ozod qilish uchun jang olib bormoqda. Harbiylarning so`zlariga qaraganda, ular jang qilib, Tigr daryosidan kechib o`tgan va muhim aholi punktlaridan birini “Islom davlati” terrorchilik guruhidan ozod qilgan. Terrorchilar orasida Umar ash-Shishaniy deb nom chiqargan jangari 1986 yilda Gruziyada tug`ilgan bo`lib, haqiqiy ismi-sharifi Tarxan Batirashvilidir. Uning otasi gruzin, onasi esa kistin millatiga mansub. Tarxan Batirashvili 2013 yilda Suriya shimolida “Islom davlati” terrorchilik guruhiga komandir qilib tayinlangan. O`tgan yilning may oyida AQSh davlat departamenti u haqda ma`lumot bergan odamga besh million dollar mukofot puli berishga va`da bergan edi. Batirashvili terrorchilik guruhi “kengashi a`zosi” va Suriyaning Al-Tabka shahrida joylashgan chet ellik garovga olinganlar saqlanadigan qamoqxonaga rahbarlik qilgan, bundan tashqari guruhning moliyaviy ishlarini ham yuritgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!