O`zbekiston futzal termasi ikkinchi o`yinda Tojikistonni mag`lub qildi

10:49, 14 iyul

Futzal bo`yicha O`zbekiston hamda Tojikiston milliy terma jamoalari o`rtasidagi ikkinchi o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazildi. Kecha, 13-iyul kuni bo`lib o`tgan bahsda vakillarimizning qo`llari baland keldi - 2:1.

Dastlabki o`yinda jamoalar 3:3 hisobida jangovar durang qayd etgandi.

O`rtoqlik uchrashuvi

Tojikiston - O`zbekiston 1:2

Gollar: F.Sardorov 34 - I.Rajabov 10, N.Eliboev 20

Ogohlantirishlar: D.Salomov 32 - I.Hamroev 15, M.Odilov 24

Jamoalar o`rtasidagi so`nggi uchrashuv bugun 17:00da bo`lib o`tadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!