Kuchli shamol daraxtlar va avtomobillarga zarar etkazdi

13:04, 14 iyul

13 iyuldan 14 iyulga o`tar kechasi Toshkentda va respublikamizning boshqa hududlarida kuchli shamol kuzatildi, deb xabar berdi “Uz24.uz” nashri.

Shamol oqibatida bir necha daraxtlar sinib tushgani va ayrim tumanlarda elektr energiyasida avariyali uzilishlar yuz bergani xabar qilinmoqda.

Facebook foydalanuvchilaridan biri poytaxtning Chilonzor tumanida VAZ 2106 rusumli avtomobil ustiga daraxt qulab, mashinani deyarli yaroqsiz holga kelib qolgani aks etgan suratlarni joyladi. Bunday holatlar boshqa hududlarda ham kuzatilgani aytilmoqda.

Eslatib o`tamiz, Gidrometeorologiya markazi 14 iyul kuni O`zbekistonning ba`zi joylarida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi va momaqaldiroq bo`lishi, shamol tezligi soniyasiga 12-17 metrgacha kuchayishini ma`lum qilgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!