Jamila G`ofurova: “Agar uylanmagan yigit qo`limni so`rasa...”

15:31, 14 iyul

Oxirgi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda Shakirabop ko`rinishi va raqsi, shaxsiy sahifasida qoldirayotgan izohlari bilan foydalanuvchilar orasida shov-shuvlarga sabab bo`lgan aktrisa Jamila G`ofurova “Bekajon” gazetasi muxlislari bergan savollarga javob berdi.

“Agar uylanmagan yigit qo`limni so`rasa, bunga uning onasi qarshi chiqadi, deb o`ylayman. Albatta, ikkinchi marotaba bo`lsa ham oppoq kelin ko`ylak kiyib, turmushga chiqishni xohlayman. Ammo bugun qaerga qaramang, uylangan, 2-3 ta farzandi bor erkaklar ham qayta uylanishga to`g`ri kelgan taqdirda, yosh qizlarga uylanishni odat qilgan. Ularga qarata o`zing tengi ayollar bordir, degim keladi. Baribir teng-tengi bilan bo`lgani yaxshi-da.”

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!