Obama AQSh tarixida ilk marotaba ilmiy maqola chop etgan prezident bo`ldi

16:21, 14 iyul

Barak Obama AQSh tarixida ilk marotaba ilmiy jurnalda maqola e`lon qilgan prezident bo`ldi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”  nashri.

“United States Health Care Reform: Progress to Date and Next Steps” sarlavhali maqola 11 iyul kuni JAMA nomli obro`li tibbiyot nashrida chop etildi. Unda muallif AQSh sog`likni saqlash tizimidagi reforma natijalarini tahlil qilib, bu sohani rivojlantirishdagi yangi takliflarini bergan. Obama dalillar asosida sog`likni saqlash tizimidagi reforma natijasida 20 million amerikalik tibbiy sug`urtaga ega bo`lganini misol qilib keltirgan. U reformani qo`llab-quvvatlashni, dori-darmon bozorida raqobatni kuchaytirishni, narx-navoni tartibni solishni taklif etgan. Maqola muallifi — President of the United States, Washington, DC deb ko`rsatilgan. Ilgari AQShning ikki prezidenti kenja Jorj Bush va Bill Klintonlarning 2004 yilda JAMA jurnalida va 1997 yilda Science jurnalida maqolalarga yozgan izohlari chop etilgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!