Diego Maradona Boliviya termasiga bosh murabbiyi bo`lishi mumkin

17:08, 14 iyul

Argentina terma jamoasi sobiq futbolchisi va sobiq bosh murabbiyi Diego Maradona Boliviya termasisi ustoziga aylanigi mumkin. Bu haqda Goal.com portali ma`lum qilmoqda.

Maradonaning agenti Boliviya futbol federasiyasiga murojaat qilgan va murabbiyni ishga chaqirishni taklif etgan. Boliviya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Xulio Sesar Baldiveso Amerika Kubogi–2016 turniridan so`ng iste`foga chiqarilgandi.

Ma`lumot uchun, Maradona 2008 yilning oktyabridan 2010 yilning iyuliga qadar Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi bo`lgan. 2010 yilgi  jahon chempionatida Argentina uning qo`li ostida chorak finalga qadar etib borgandi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!