16 iyul kuni Quyosh Ka`baga tik holatda joylashadi

10:45, 15 iyul

Joriy yilning 16 iyul, shanba kuni Makka shahri aholisi noyob astronomik hodisaning guvohi bo`lishadi. Shu kuni Quyosh Ka`baga perpendikulyar (tik chiziq) holatda joylashadi. Bu hodisa mahalliy vaqt bilan soat 12.27 da sodir bo`ladi.

Jidda shahar astronomiya markazi prezidenti Majid Abu Zag`irning aytishicha, shu kuni, haqiqatan ham, Quyosh Ka`ba bilan perpendikulyar joylashadi hamda quyosh Baytullohning tepasida turganda Ka`baning soyasi ko`rinmaydi, deb yozadi Uz24 nashri.

Eslatib o`tamiz, bunday holat bir yilda ikki marta kuzatiladi. Dastlab 28 mayda, so`ngra 16 iyulda sodir bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!