Ronaldu: Bu safar “Oltin to`p” meniki bo`ladi

11:13, 15 iyul

Portugaliya terma jamoasi va “Real Madrid” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Evro–2016 turniridagi g`alabadan keyin “Oltin to`p–2016” mukofoti aynan unga nasib qilishiga ishonch bildirdi.

“Evro–2016 finalida jarohat olib, maydonni tark etishimni umuman o`ylamagandim. Maydondan chiqayotganimda ko`z yoshlarimni tiya olmadim. O`shanda Portugaliya mensiz Fransiyadan mag`lub bo`ladi deb o`ylagandim. Payetdan xafa emasman. U mendan uzr so`radi va to`pga o`ynaganini aytdi.

Kamtarlikni chetga surib qo`yib, bu  safar “Oltin to`p” meniki bo`lishini aytmochiman. Messiga qaraganda ko`proq va yaxshiroq natijalar ko`rsatdim. Antuan Grizmanni esa hisobga olmasa ham bo`ladi, u ikkita finalni yutqazdi”, – dedi 31 yoshli hujumchi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!