Rayhonning tabassumi ortiga yashiringan og`riq sababi nima?

11:23, 15 iyul

So`nggi paytlarda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva o`zining Instagramdagi sahifalari orqali qoldirilayotgan yozuvlar ortida qandaydir og`riq yashiringani sezilib qolyapti.

Ushbu holatning sabablariga oydinlik kiritish maqsadida Sayyod nashri xonanda bilan qisqa suhbat uyushtirdi. Rayhonga nimalar bo`lyapti degan savolga xonanda quyidagicha javob berdi:

– Bu shaxsiyroq masala. Xechqisi yo`q, bundanam o`taman. Tabiatan xayotni sevaman va Parvardigorga xammasi uchun tashakuur bildiraman. O`zimni judayam baxtiyor deb bilaman. 

Bugungi kunda xonanda farzandlari uchun bog`cha va enaga izlash bilan band, bu haqda u shunday deydi:

“Farzandlari uchun bog`cha va enaga izlash bilan vaqtim o`tib aqldan ozay dedim. Ochig`i depressiyaga tushib qolay dedim.  Qancha bog`chalarni aylanib chiqdim o`ziyam va nixoyat xozir bitta o`zimga yoqqanini topdim. Avvaliga ko`p o`yladim balki erta beryapmanmi deb, balki 3 yoshgacha kutaymikan deb, shunchaki ikkisi juda sho`x bo`lgan va kerak bo`lsa gapimga xam kirishmaydi, eplay olmay qolyapman goxo. O`zaro urishishgan, tishlashishgan va xokazo (kuladi)  shu sabab xam bog`chaga berishga qaror qildim. Bir o`zim va bolalar bilan ochig`i qiynalyapman. Uy , ish va boshqa ko`p narsalar zimmamda bo`lganiga bir o`zimga juda qiyin,  shu sabab xam biroz ruxan toliqdim.”

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!