OAV: Xitoy qishloqlaridan birida 39 juft egizak yashashi aniqlandi

12:15, 15 iyul

Xitoyning Szyanszin okrugidagi qishloqlardan birida 367 nafar oila yashaydigan bo`lsa, ularda 39 juft egizak borligi aniqlandi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri. 

Bu anomal hodisa uzoq yillardan beri davom etib kelmoqda. Qishloqdagi egizaklarning eng kattasi 89 yoshga kirgan bo`lsa, eng kichigi 9 oylikdir. Statistik ma`lumotlarga ko`ra, bu anomal hududda joylashgan har 10 xonadonning birida (1,1%) egizaklarni uchratish mumkin. 

Xitoy tibbiyot xodimlari bu hodisaning sababini aniqlab berolmadilar, ularning taxminicha, bunga xitoylik ayollarning homilador bo`lishga yordam beradigan dori preparatlaridan keng miqyosda foydalanishi ham sabab bo`lishi mumkin ekan.

Mamlakatda egizak tug`ilishi xayrli hisoblanadi. 

Bundan tashqari xitoylik ayollar birin-ketin  farzand ko`rgandan ko`ra, buni bir urinishda bajarishni ma`qul ko`rishadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!