Parijning Eyfel minorasida yong`in sodir bo`ldi

14:57, 15 iyul

Yena ko`prigi ustida texnik nosozlik tufayli pirotexnika mahsulotlari ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi, deb xabar berdi “Tass.ru” nashri. 

Payshanba kungi bayram mushakbozlikdan keyin Parijning Eyfel minorasi yonida chiqqan yong`in hozirda batamom o`chirilgan. Voqeaga guvoh bo`lgan parijliklarni polisiya vahimaga tushmaslikka chaqirdi. 

“Yolg`on xabar tarqatmang, Eyfel minorasi talafot ko`rgani yo`q. Yena ko`prigi ustida pirotexnika mahsulotlari ortilgan yuk mashinasi yonib ketgan”, dedi polisiyachilar ularga qarata.

Fransuz milliy bayrami munosabati bilan o`tkazilgan mushakbozlik tugagandan keyin Eyfel minorasi yonida mahalliy vaqt bilan 23:45 da yong`in chiqqan va 10 daqiqadan keyin uch marta katta portlash yuz bergan. Minglab odamlar mushakbozlikni tomosha qilishga kelganiga qaramay, voqea odamlarni vahimaga solmagan. Yong`in sodir bo`lgan maydon ilgaridan xavfsizlik choralari uchun polisiya bilan o`rab olingan edi. “Yong`in o`chirildi. Hozirda jamoatchilikka hech qanday xavf tahdid solmayapti”, dedi Eyfel minorasini qo`riqlayotgan polisiya xodimlari.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!