Sobiq futbolchi boks bo`yicha Angliya chempionligi uchun kurashadi

17:07, 15 iyul

Bir vaqtlar Angliya chempionatida to`p surgan futbolchi Leon MakKenzi o`z omadini boksda sinab ko`rmoqda. Bu haqda Isport.ua nashri ma`lum qildi.

Angliyaning “Norvich”, “Charlton”, “Piterboro” klublarida to`p surgan Leon 2013 yilda futbolni tark etib, professional boks bilan shug`ullanishni boshlagan.

38 yoshli sportchi shu yilning 12 noyabrida boks bo`yicha Angliya chempionligi uchun Jamayn Smaylga qarshi ringga ko`tariladi.

Qayd etish kerakki, ManKenzining boksdani natijalari yomon emas. U katta ringda o`tkazgan 9 dangidan 8 tasida g`alaba qozonib, atigi bittasida durang qayd etgan. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!