“Milan” afsonasi Ukraina termasini boshqaradi

09:52, 16 iyul

Ukraina futbol federasiyasi mamlakatning mashhur futbolchilaridan biri, “Milan” klubi afsonasi Andrey Shevchenkoni Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinladi.

Federasiya Shevchenko bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Ushbu kelishuvni tomonlarning roziligi bilan yana 2 yilga uzaytrish mumkin. "Sheva" 2012 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi. Avval u hech qaerda murabbiylik qilmagan. 

BBC agnetligining qayd etishicha, ukrainalik mutaxassisga murabbiylik shtabida italiyalik Mauro Tassotti va Andrea Malder hamda ispaniyalik Raul Riancho yordam beradi.

Ta`kidlash joizki, Ukraina termasining avvalgi bosh murabbiyi Mixail Fomenko Evro-2016 turniridagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin o`z xohishiga ko`ra iste`foga chiqqandi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!