Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi hukumatni qo`lga olganini e`lon qildi

11:19, 16 iyul

Turkiya qurolli kuchlari bosh shtabi hukumatni qo`lga olganini e`lon qildi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.   

Harbiylar Turkiya rahbarlari hukumatdan chetlatilganini xabar qilgan. Hozirda bosh shtabning saytiga kirishning iloji yo`q. Ilgari Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim bir guruh harbiylar davlat to`ntarishi qilishga uringani haqida ma`lum qilgan edi. U aybdorlarni jazolashga va`da bergandi.

Anqara ustida harbiy samolyot va vertolyotlar charx urmoqda. Ba`zi bir OAVlarning xabar berishicha, bosh shtab joylashgan tumanda o`q ovozlari yangramoqda. Bino yoniga bir nechta “Tez yordam” mashinalari etib kelgan.

Turkiya milliy razvedka boshqarmasi joylashgan tumanga harbiy vertolyotlar o`q ochgan. Otaturk aeroportida harbiy tanklar yuribdi, barcha parvozlar bekor qilingan.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!