Turkiya aholisiga prezident Erdo`g`an nomidan ko`chaga chiqishga da`vat etilgan SMS xabar keldi

11:57, 16 iyul

Turkiyaning Facebook ijtimoiy tarmog`i foydalanuvchilari Turkiya prezidenti Rajab Tayip Erdo`g`an nomidan “demokratiyani saqlagan” holda ko`chaga chiqishga da`vat etilgan SMS xabar oldilar, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.  

Unda shunday deyilgan: “Turk millati farzadlari! Bo`layotgan voqealar 70 yillardagi Istambul va Anqarada qurol va texnikani bosib olib, turk millatiga qarshi ko`tarilgan isyonni eslatyapti! Hurmatli, turk xalqi! Demokratiya va tinchlikni saqlang! Turk millatini yo`q qilishni niyat qilgan bu mayda guruhlarga qarshilik ko`rsatish uchun sizlarni ko`chaga chiqishga da`vat etaman! O`z millatingizni va hukumatingizni himoya   qiling!” 

SMS xabar yuborilgan telefon raqami ko`rsatilmagan, faqat RTERDOGAN deyilgan.

Ammo bu xabar aynan Turkiya rahbari tomonidan rasman jo`natilgani noma`lumgicha qolmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!