Turk razvedkasi hukumat to`ntarishni amalga oshirmoqchi bo`lgan harbiylarni oshkor qildi

12:56, 16 iyul

Juma 15 iyul kuni kechqurun boshlangan harbiy to`ntarishni Harbiy havo kuchlari qo`mondonligi respublika jandarmeriyasi bilan hamkorlikda amalga oshirishni rejalashtirgan, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri . 

Evrensel Gazetesi nashrining bergan xabariga ko`ra, huquq-tartibot idorasi xodimlari Bursa viloyati jandarmeriyasi boshlig`i Yurdakul Aqqushni qo`lga olgan. Davlat to`ntarishini amalga oshirishga harbiy prokuror va yuqori lavozimda ishlovchi 46 nafar zobit rahbarlik qilgan.

Mamlakat maxsus xizmati xodimlari Anqaradagi prezident saroyiga bostirib kirmoqchi bo`lgan 13 kishini qamoqqa olgani haqida xabar bergan edi. Bundan tashqari, TRT davlat telekanalini qo`lga olgan 4 nafar harbiy askar hamda 1 zobit qo`lga olingani haqida ham ma`lum qilingan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!