Gulchehra Eshonqulova va Sharof Sharapov farzandli bo`ldi

01:20, 17 iyul

Aktrisa Gulchehra Eshonqulova va aktyor Sharof Sharapovlar kecha Turkiyaning Istanbul shaxrida ota-onalik baxtiga sazovor bo`ldilar.

Ularning oilasida o`g`il farzand dunyoga keldi, deya xabar beradi Sayyod.com nashri. Chaqaloq 4 kilo vazn bilan dunyoga keldi.

Ayni damda Gulchexra bilan Sharof Istanbulda tahsil olib, o`sha erda stipendiyaga yashashmoqda.

Turk seriallaridan takliflar tushgan va suratga olish ishlarida xam bandligi xaqida xabarlar mavjud. Gulchehraning onasi xam Istanbulda, qo`llab-quvvatlashga borgan. Sharofni onasi esa Samarqandda, deb yozadi nashr.

Fursatdan foydalanib ularni ushbu baxtli hodisa bilan muborakbod etamiz.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!